Biz go'sht va kolbasa mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasimiz. Bizning missiyamiz: Qadriyatlar va omonatdorlik orqali butun insoniyatni ishonchli oziq-ovqat bilan ta’minlash Vakansiya: B2C Onlayn savdo menejeri Siz intiladigan maqsadlar: - B2C segmentida onlayn savdoni ishlab chiqish va boshqarish;
- Kompaniya maqsadlariga erishish uchun sotish strategiyasini rejalashtirish va amalga oshirish;
- Marketing strategiyasini samaradorligini aniqlash uchun bozor va raqobatchilar tahlili;
- Onlayn-do'kondagi mahsulot: assortimenti, sur'atlari, tavsiflari, ishlatish buyicha tavsiyalarni yaratish va optimallashtirish;
- Mijozlarning talab va hohishlarini inobatga olgan holda yuqori darajadagi xizmatni ta'minlash;
- Konversiyani tahlil qilish, mijozlarni ushlab turish bo'yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
- Savdo ma'lumotlarini tahlil qilish, hisobot berish va natijalarni yaxshilash bo'yicha choralar ishlab chiqish.
Jamoamiz a'zosi quyidagilarga ega bo'lishi kerak: - B2C onlayn savdosida kamida 2 yillik tajriba;
- Elektron tijoratning asosiy tamoyillarini bilish va onlayn xarid qilish platformalari bilan ishlash tajribasi;
- Bozor va raqobatchilarni tahlil qilish, shuningdek, marketing strategiyalarini qo'llash qobiliyati;
- CRM tizimlari bilan ishlash va mijozlar tajribasini boshqarish ko'nikmalari;
- Yuqori darajadagi muloqot qobiliyatlari va mijozlar bilan samarali muzokoralar olib borish qobiliyati;
- Ma'lumotlarni tahlil qilish va olingan ma'lumotlar asosida qaror qabul qilish qobiliyati;
Jamoamiz a'zosiga quyidagilarni taqdim etamiz: - Oylik maosh 4 000 000 dan 5 000 000 gacha (o'z vaqtida);
- Haftasiga 6 kun ish (juma dam olish);
- Tajribali ustoz ko'magi;
- Yosh, faol va samimiy jamoa;
- Oy oxirida maxsulotlarimizdan taqdim etilishi.
Yuqorida yozilganlarning barchasi siz haqingizdami? Biz bilan bir jamoa bulib ishlashni hohlaysizmi? Unda biz bilan bog'laning! |