Описание: |
Korxonamiz zudlik bilan IT sohasida 1 yillik sotuv tajribasiga ega mutaxassisni qidirmoqda! Ish vazifalari: - Korxona mahsulotlari va xizmatlariga ehtiyoji mavjud boʻlgan potensial mijozlarni doimiy izlash, aniqlash va oʻrganish.
- Mijozlarning vakillari bilan aloqa oʻrnatish, korxona tomonidan taklif etilayotgan mahsulot va xizmatlarning xususiyatlari, imkoniyatlari, afzalliklari toʻgʻrisida boʻlgan ehtiyojlarni oʻrganib borish.
- Oʻrnatilgan oylik sotuv rejalari va hajmlarini bajarib borish.
- Mijozlar bilan suhbatlar, muzokaralar va uchrashuvlar natijalarini maxsus dasturga kiritib borish.
- Mijozlarning imkoniyatlariga mutanosib maxsus tiojorat takliflarini tayyorlash, shartnomalar tuzish va ular ijrosini nazorat qilib borish.
Nomzodga talablar: - Yoshi: 22 dan 30 gacha.
- Sotuv sohasida kamida 1 yillik amaliy tajribasi boʻlishi shart (tajribasi yoʻqlar bezovta qilishmasin).
- Oʻzbek va rus tillarida ravon soʻzlay olish va yozish.
- Buyurtmachlar, mijozlar va tashrif buyuruvchilar bilan muomala qilish tartib va qoidalarini bilish.
- Sotuvlarni amalga oshirish tamoyillari, usullari va shakllaridan amalda foydalanishni bilish.
- IT sohasidagi xizmatlar va mahsulotlar (veb saytlar va internet reklama) haqida boshlang'ich tushunchaga ega boʻlish.
- Kompyuterdan juda yaxshi foydalana olish.
- Haftasiga 40 soatlik 5 kunlik toʻliq ish kunida ishlay olish.
Oylik maosh suhbat jarayonida kelishiladi. Qoʻshimcha ma’lumot: - Kompaniya boʻlim boshligʻi lavozimigacha oʻsish imkoni.
- Oʻrgatish (tajribali menejer mashgʻulotlar olib boradi).
Birlamchi batafsil rezyumengizni oʻrganish uchun yoʻllang, aks holda siz bilan aloqa oʻrnatilmaydi! Aloqa: @Hrmanager1005 |